8 Aprel 2024 yil 321

IIV Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblining xushovoz xonandalari va so‘z ustalari ishtirokida Qashqadaryo viloyatining Muborak tuman markaziy o‘yingohida, Qarshi shahar anfiteatrda, xayriya konsert tadbiri tashkil etildi

Konsert dasturi yakunida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi boshlig‘i podpolkovnik U.Tillayev boshchiligidagi san’atkorlar hamda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari va farzandlari bilan dildan suhbat qurishib, ularga qimmatbaho sovg‘a salomlar elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ulashildi.

Xayriya tadbirida uyushmagan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Dillarda Vatan madhi” tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi.

Konsert yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi

Text to speech