IIV ishchi guruhi tomonidan Qarshi shahrida sportning voleybol turi bo‘yicha to‘garaklarga jalb etilgan uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda ularga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqaida suhbatlashilib, yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir doirasida yoshlarga IIV «Dinamo» jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashi bilan hamkorlikda sport formalari va anjomlar topshirildi. Ishchi guruhning o‘rganishlari davom etmoqda.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: