26 Noyabr 2020 yil 817

IIV Qashqadaryo akademik litseyida “1-dekabrь – Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “OITS – umr zavoli” mavzusida maʼnaviy va maʼrifiy uchrashuv oʼtkazildi.

2020 yil 26 noyabrь kuni IIVning Qashqadaryo akademik litseyida “1-dekabrь – Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “OITS – umr zavoli” mavzusida maʼnaviy va maʼrifiy uchrashuv oʼtkazildi.

Oʼtkazilgan uchrashuvda kasalliklarning xastalik alomatlari va undan saqlanish boʼyicha ogohlikni oshirishga qaratilgan mavzuga doir fikr va mulohazalar ichki ishlar organlari xodimlari, akademik litseyning oʼquvchi va oʼqituvchilarining eʼtiboriga yetkazildi.

Shuningdek, ushbu uchrashuvda Qashqadaryo viloyati Tibbiyot boʼlimi SENM boshligʼi mayor R.Daminov, shifokorlar M.Raximova va R.Аshurovalar tomonidan uzoq davom etuvchi surunkali yuqumli infektsiyalar qatoriga kiradigan antroponoz kasalliklarning kelib chiqish belgilari va yuqish yoʼllari kabi tushunchalar ishtirokchilar eʼtiboriga yetkazildi.

Text to speech