5 Fevral 2025 yil 508

IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi

Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litsey o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tashkiliy shtab kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Rahmonqulov ishtirokida IIV Akademiyasiga qabul jarayonlari va kursantlarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qishga kirish uchun ajratilgan kvotalar miqdori haqida ma’lumotlar berilib, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bugungi kundagi faoliyati haqida tayyorlangan videorolik o‘quvchilar e’tiboriga namoyish etildi.

Shuningdek, akademik litseyining bitiruvchi kurs o‘quvchilari tomonidan IIV Akademiyasiga kirish jarayoniga oid berilgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.

Text to speech