19 Yanvar 2025 yil 819

IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida qabul jarayonlari va kursantlarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qishga kirish uchun ajratilgan kvotalar miqdori haqida ma’lumotlar berilib, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bugungi kundagi faoliyati haqida tayyorlangan videorolik o‘quvchilar e’tiboriga namoyish etildi.

Shuningdek, akademik litseyining bitiruvchi kurs o‘quvchilari tomonidan IIV Akademiyasiga kirish jarayoniga oid berilgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.

Text to speech