19 Noyabr 2021 yil
518
Qidiruvdagi shaxs Toshkent shahridan ushlandi
Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgani uchun Kitob tumani IIB tomonidan qidiruvda boʼlgan, Chiroqchi tumani Taragʼay qishlogʼida yashovchi J.F qonundan qochib qutulmoqchi boʼldi. Аmmo uning “qochish rejasi” uzoqqa bormadi.
Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida J.F Toshkent shahar hududidan ushlandi.
Yendi u bir yemas ikkita holat boʼyicha javob berishiga toʼgʼri keladi.