22 Noyabr 2021 yil
556
Qidiruvdagi shaxs Toshkent shahar hududidan ushlandi
Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgani uchun Koson tumani IIB tomonidan qidiruvda boʼlgan, , Koson tumani Regzor MFYda yashovchi X.B qonundan qochib qutulmoqchi boʼldi. Аmmo uning “qochish rejasi” uzoqqa bormadi.
Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.B Toshkent shahar hududidan ushlandi.
Yendi u bir yemas ikkita holat boʼyicha javob berishiga toʼgʼri keladi.