14 May 2024 yil
400
Qidiruvdagi shaxs ushlandi
O‘g‘rilik
jinoyatini sodir etgani uchun tergovga jalb etilgan Qarshi shahar, “Shoxbekat”
mahallasida yashovchi B.A. qilmishi uchun javob berish o‘rniga qochishni afzal
bildi. Natijada unga nisbatan JIB Ko‘kdala tumani sudi tomonidan qidiruv e’lon
qilindi.
Ko‘kdala tumani IIB TQX JQG tezkor vakillari
tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida qochoq yaqinda Qarshi
shahar hududida ushlandi.