28 Sentyabr 2024 yil
378
Qidiruvdagi shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni ushlash hamda jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida bir qator tezkor profilaktik tadbirlarni amalga oshirilmoqda. Yaqinda Qarshi shahar IIOFMB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan Samarqand viloyatilik E.S. Samarqand shahar hududida qo‘lga olindi va tergov hibsxonasiga joylashtirildi.