24 Dekabr 2024 yil
540
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i, polkovnik Sherzod Ibragimov tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘rganishlar jarayonida yangi yil bayrami tadbirlarini xavfsiz va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi. Jumladan, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda jamoat tartibini ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini kuchaytirish va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek, "Dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida olib borilgan ishlar natijalari tahlil qilindi va mazkur tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.