31 Yanvar 2025 yil 561

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning intellektual bilim darajasini, ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, bu boradagi bilimi va salohiyati iqtidorini namoyon etishlari uchun tizimda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari uyushtirib kelinmoqda.

Jumladan, yaqinda tizim xodimalarining kasbiy va jismoniy salohiyatini yuksaltirish, ma’naviy –ma’rifiy bilimlarini oshirish maqsadida viloyat “Yoshlar markazi”da “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy bo‘limlari, sohaviy xizmatlari, Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar hamda Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchi qizlaridan tashkil topgan sakkizta jamoalar o‘zaro bahslashdilar.
Qizg‘in va murosasiz bahslarda soha malikalari bor bilim va iqtidorlarini ishga solib g‘oliblik uchun kurashdilar.
“Zakovat” intellektual o‘yini natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni viloyat ichki ishlar boshqarmasining “To‘maris” jamoasi qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni yosh xodimalardan tashkil topgan “Yoshlar” va “Litsey” o‘quvchilari jamoasi band etishdi.
G‘olib jamoalarga viloyat ichki ishlar boshqarmasining g‘oliblik diplomi va qimatbaho sovg‘alari topshirildi.

Text to speech