26 Noyabr 2020 yil 785

HUQUQBUZАRLIKLАR VIDEO KUZАTUV KАMERАLАRI ORQАLI АNIQLАNDI

Shahrisabz qadimiy va tarixiy obidalari oʼziga xos turizm namoyish obʼektlari va ziyoratgohlari bilan dunyoga mashhur. Аmir Temur xiyoboni, Oqsaroy tarixiy yodgorligi kabi oʼnlab madaniy yodgorliklar ana shular jumlasidan. Bunday madaniy merosni koʼz qorachigʼidek asrab-avaylab kelajak avlodga yetkazish barchamizning burchimiz. 

Biroq oramizda ajdodlar qoldirgan merosga befarqligi yetmagandek, u yerda toʼqlikka shoʼxlik qabilida avtomashina bilan kirgani achinarli. Jumladan, 2020 yilning 18 noyabrь kuni soat 21:20 larda Shahrisabz shahar “А.Temur” xiyoboniga kirishdagi 3 ta asosiy yoʼl chetida oʼrnatilgan avtotransport vositalarini kirishini taqiqlovchi yoʼl belgilari oʼrnatilganligiga qaramasdan Shahrisabz shahrining “Zingiron” MFYda yashovchi N.N., “Qushxona” MFY da yashovchi S.А., “Navroʼz” MFYda yashovchi N.А. va “Qoʼshxovuz” MFYda yashovchi А.S.lar boshqaruvida boʼlgan avtotransport vositalarida xiyobon hududiga piyodalar yoʼlakchasi orqali kirgan. Dastlab, Oqsaroy tarixiy yodgorligi, soʼngra Аmir Temur haykalining old qismidagi zinalarga avtomobillarning orqa gʼildiragini chiqarib, transport vositalari yordamida xavfli manyovrlarni amalga oshirib, jamoat tartibini va fuqarolaraning osoyishtaligini buzishda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan huquqbuzarlik sodir etganligi holati xiyobon hududida oʼrnatilgan kuzatuv kamerlari orqali aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi YHXG YPX inspektorlari Sh.Nosirov va N.Xoʼjaevlar tomonidan yoʼl xarakati qoidalarining 3.1 taqiqlovchi belgisiga amal qilmaganligi sababli fuqarolarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Text to speech