3 Iyul 2020 yil 1038

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbiriga yuqoridagi nomlari taʼkidlab oʼtilgan rahbarlar boshchiligida shahar va tumanlar hokimliklarida davlat va nodavlat tashkilotlarining hududiy vakillarini jalb etilgan holda soat 08.00da xizmat oldi yoʼriqnomasi oʼtkazildi va har bir masʼul shaxslarning vazifalari belgilab berildi.

 

Joriy yilning 2 iyulь kuni viloyat IIB boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik U.N.Yaxshiev boshchiligidagi viloyat IIB HPB ishchi guruhi tomonidan Kasbi tumanida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbiri doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish va ularning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʼrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli koʼrsatma va tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, viloyat IIB boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik U.N.Yaxshiev va Kasbi tuman IIB boshligʼi podpolkovnik F.F.Ibragimovlar tomonidan tuman hududida joylashgan tuman Tibbiyot birlashmasi, Dehqon bozori, АT Аgrobank va Xalq banki Kasbi tumani filiallari va boshqa tashkilotlarda sanitariya va karantin qoidalariga rioya qilish ahvoli oʼrganilib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish toʼgʼrisida mazkur tashkilotlar rahbarlari vazifador etilib, ogohlantirildi.

Text to speech