4 Aprel 2024 yil
443
Xorijlik sayyohga yordam ko‘rsatildi
Shahrisabz shahar Amir Temur
xiyoboniga tashrif buyurgan italiyalik sayyoh Elvira sayohat chog‘ida o‘zi
bilan birga kelgan guruhdan tasodifan adashib qolganligi haqidagi xabar tezda
viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga yetkazildi.
Viloyat IIB XTTB xodimlari darhol Elvirani manzilini
aniqlab, uni olib kelib, birga kelgan sayyohlar guruhiga qo‘shdi. O‘zbekistonda
turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar va ichki ishlar organlari
xodimlaridan xursand bo‘lgan Elvira o‘z minnadorchiligini bildirdi.