30 Iyul 2021 yil 322

XIZMАT INTIZOMI VА QONUNChILIK IJROSI

 

Qashqadaryo viloyat IIBda Tashkiliy boshqarma Navbatchilik qismi tomonidan joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusida qilinishi lozim boʼlgan rejalarga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda boshqarma 102 xizmati, Navbatchilik qismi, shahar-tuman IIB navbatchilik qismi xodimlari ZOOM orqali ishtirok etdi. Kengaytirilgan yigʼilishini viloyat IIB Tashkiliy boshqarma boshligʼi, podpolkovnik Sh.Choriev ochdi va olib bordi.
Notiq oʼz soʼzida ichki ishlar organlarida tashkil etilgan 102 xizmati faoliyati, shaxsiy tarkibni tarbiyalash, oʼqitish, kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishga oid fikr-mulohazalarni ishtirokchilar eʼtiboriga yetkazdi.

Text to speech