Xizmat intizomi va qonuchilikka rioya etish – bugungi kun talabi
Kasbi va Mirishkor tuman ichki ishlar
bo‘limlarida “Xizmat intizomi va qonuchilikka rioya etish – dolzarb vazifa”
mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar
boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi
rahbariyati va shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Qashqadaryo
viloyati ichki ishlar boshqarmsi boshlig‘i o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Talat Mamatqulov so‘z olib,
sohaviy xizmatlari boshliqlari hamda shaxsiy tarkibining xizmat intizomi va
qonunchilikka rioya qilishi, fuqarolar bilan xizmat davomida xushmuomalada
bo‘lishi, ularning murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyatnii atroflicha
tahlil etdi.
Rahbarlar “xodimbay” ishlarni yanada
jonlantirish, faoliyat davomida xizmat vaqtida va xizmat kiyimida noo‘rin
xatti-harakatlar sodir etmaslik, har bir xodim o‘z ustida mukammal ishlab,
amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganib, salbiy holatlarga yo‘l
qo‘ymasliklari, ko‘p yillardan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan
xodimlar yoshlarga xizmat sirlarini o‘rgatishi, nojo‘ya holatlarni sezganda
darhol uni ogohlantirishi lozimligini tushuntirdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning
huquq va manfaatlarini himoya qilishda xizmat vazifasini vijdonan bajarib,
tizim imidjini oshirish lozimligi borasida taklif va yo‘riqnomalar berildi.
Qamrovi keng tadbirda xodimlarning
ma’naviy-ma’rifiy bilimi, kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish
borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahlil etilib, yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar
belgilandi.
Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmsi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik
Temur Bayjanov so‘z olib, shaxsiy tarkib bilan sodir bo‘layotgan
ko‘ngilsiz holatlarni barvaqt oldini
olish, ichki ishlar organlarida guruhbozlik, berilgan topshiriqlarni noo‘rin
muhokama qilish, tamagirlik, korrupsiya va boshqa shu kabi salbiy illatlarning
oldini olishga qaratilgan profilaktik qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib,
amalga oshirilishi lozimligini qayd etdi.
Yig‘ilishda vatanga va xalqqa sadoqat bilan
xizmat qilish, buning uchun xodimlar o‘z ustida ishlab, bilim va malkasini
boyitishi, kasbiy mahoratini oshirishi bugungi kun talabi ekanligi sohaviy
xizmatlar rahbarlari oldiga vazifa etib qo‘yildi.
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan
xodimlarning xatti-harakatida noqonuniy holatlarga guvoh bo‘lganlar viloyat
ichki ishlar boshqarmasi va vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi “Ishonch telefonlari”ga qo‘ng‘iroq
qilishi aytib o‘tildi.
Tahliliy yig‘ilishda xizmat vazifasiga
sovuqqonlik bilan yondoshgan ayrim xodimlar qattiq ogohlantirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.