Xizmat intizomi va qonuchilikka rioya etish – bugungi kun talabi
Ko‘kdala tuman ichki ishlar
bo‘limida “Xizmat intizomi va qonuchilikka rioya etish – dolzarb vazifa”
mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar
boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkib
ishtirok etdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan
yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmsi boshlig‘i o‘rinbosari
– Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i,
podpolkovnik Talat Mamatqulov so‘z olib, sohaviy xizmatlari boshliqlari hamda
shaxsiy tarkibining xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishi, fuqarolar
bilan xizmat davomida xushmuomalada bo‘lishi, ularning murojaatlari bilan
ishlash borasidagi faoliyatnii atroflicha tahlil etdi.
Rahbarlar “xodimbay”
ishlarni yanada jonlantirish, faoliyat davomida xizmat vaqtida va xizmat
kiyimida noo‘rin xatti-harakatlar sodir etmaslik, har bir xodim o‘z ustida
mukammal ishlab, amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganib, salbiy
holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, ko‘p yillardan buyon ichki ishlar organlarida
xizmat qilayotgan xodimlar yoshlarga xizmat sirlarini o‘rgatishi, nojo‘ya
holatlarni sezganda darhol uni ogohlantirishi lozimligini tushuntirdi.
Ichki ishlar organlari
xodimlari fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda xizmat
vazifasini vijdonan bajarib, tizim imidjini oshirish lozimligi borasida taklif
va yo‘riqnomalar berildi.
Qamrovi keng tadbirda
xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimi, kasbiy, jismoniy va jangovar
tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahlil
etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli
chora-tadbirlar belgilandi.
Ichki ishlar vazirligi
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmsi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi
boshlig‘i, podpolkovnik Temur Bayjanov so‘z olib, shaxsiy tarkib bilan sodir
bo‘layotgan ko‘ngilsiz holatlarni barvaqt oldini olish, ichki ishlar organlarida
guruhbozlik, berilgan topshiriqlarni noo‘rin muhokama qilish, tamagirlik,
korrupsiya va boshqa shu kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan
profilaktik qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilishi
lozimligini qayd etdi.
Yig‘ilishda vatanga va
xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, buning uchun xodimlar o‘z ustida ishlab,
bilim va malkasini boyitishi, kasbiy mahoratini oshirishi bugungi kun talabi
ekanligi sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga vazifa etib qo‘yildi.
Ichki ishlar organlarida
xizmat qilayotgan xodimlarning xatti-harakatida noqonuniy holatlarga guvoh
bo‘lganlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi va vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi “Ishonch telefonlari”ga
qo‘ng‘iroq qilishi aytib o‘tildi.
Tahliliy yig‘ilishda xizmat
vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshgan ayrim xodimlar qattiq ogohlantirildi.
Bu boradagi ishlar davom
ettirilmoqda.