28 May 2024 yil 501

“Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri oldidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Ko‘kdala tumanida tungi vaqtlarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman IIB xodimlari va tumanning barcha yoshlar yetakchilariga tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i va tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri oldidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Yo‘riqnomada xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy amal qilgan holda xizmat olib borishlarini ta’kidlanib, fuqarolarning tinchligi, shahar osoyishtaligi, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida aniq topshiriqlar berildi.

Text to speech