23 Noyabr 2024 yil 824

“Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri doirasida viloyatning barcha shahar-tumanlarida jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash va bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish hamda ichki ishlar organlarining quyi tizimlariga amaliy yordam ko‘rsatish orqali huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish, kamchiliklarni bartaraf etish uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Shahrisabz shahar “qizil” toifadagi “Namozgoh” mahallasida bo‘lib, boshqarma boshlig‘i mahalla yettiligi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlarni tahlil etdi.

O‘rganishlar jarayonida mahallada jinoyatlarni sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar va kelgusida ularni oldini olish va qizil toifadan chiqish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja dastur taqdimoti, aholi va xonadonlar soni bo‘yicha profilaktika inspektori boshqarma boshlig‘iga hisobot berdi.

Mahalla yettiligi bilan hududda yashovchi alohida toifadagi shaxslar, huquqbuzarlik sodir etishga moyil, bandligi ta’minlanmagan, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolar bilan suhbatlashib, muammolarini tingladi.

Muloqot davomida fuqarolarning aniqlangan muammolarini hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Text to speech