20 Noyabr 2024 yil 365

"XAVFSIZ HUDUD - DOLOZARB 50 KUNLIK" maxsus profilaktik tadbiri

Yakkabog‘ tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida  jazo o‘tayotgan shaxslar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.  Yig‘ilishda tuman IIB rahbariyati, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tuman bosh Imom xatibi ishtirok etdi.                                                                                      

Kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqqanlar nazoratdagi shaxslarga qayta huquqbuzarlik hamda  jinoyatlar sodir etilishini oldini olish yuzasidan huquqiy va profilaktik tushuntirishlar berishdi. Tadbir yakunida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari "Mexnat yarmarkasi" tashkil etilib, 4 nafar mahkumlar  ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berildi. Profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech