20 Oktyabr 2022 yil 124

Har bir fuqaro mehr va e’tiborda

Fuqarolarning muammolarini manzilli bartaraf etish, mahallalarni jinoyatdan holi xavfsiz hududga aylantirish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan aniq vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati sektor rahbarlari tomonidan tizimli ravishda chekka hududlarda yashovchi fuqarolar holidan xabar olinmoqda.

Yaqinda viloyat sektor rahbarlari Mirishkor tumani “Chandir” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Akgul Bobonazarova bilan muloqotda bo‘lishdi. Akgul Bobonazarova rahbarlarga turmush o‘rtog‘i vafot etgani, yolg‘iz boquvchi ekanligi ikki nafar voyaga yetmagan farzandi va bolalikdan tug‘ma nogiron qaynakasi bilan istiqomat qilib kelayotganini yashash uyini ta’mirlash va uy ro‘zg‘ori uchun zaruriy jihozlar olishda yordam so‘radi.

Murojaat sektor rahbarlari tomondan nazoratga olinib, shu kunning o‘zida Akgul opaning uyiga sektorlar ishchi guruhi tashrif buyurib, televizor va o‘g‘liga velosiped olib berildi. Shu bilan birga ayolning uyini ham ta’mirlab berish maqsadida mutasaddilarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech