2 May 2024 yil 435

“Xalqobod”lik yoshlar Amir Temur muzeyida

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Farrux Tairov o‘ziga biriktirilgan Shahrisabz tuman “Xalqobod” MFYdagi 74-sonli maktabning 10- 11-sinf o‘quvchilari bilan tez-tez ochiq muloqotlar uyushtirib, yoshlarning kelgusi orzulari, kasb-hunarga qiziqishlari borasida muloqotlar o‘tkazib kelmoqda. Jumladan, bu galgi uchrashuvda yoshlarning mamlakatimiz tarixi va jahon sahnida muhim ahamiyat kasb etuvchi sohibqiron bobomiz Amir Temur haqidagi ma’naviy bilimlarini boyitish maqsadida “Xalqobod”lik yoshlar Shahrisabz shahri tarixiy markazidagi Amir Temur nomli davlat muzeygaa sayohati tashkil qilindi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech