Xalq deputatlari Yakkabog‘ tumani Kengashining navbatdagi VI chaqiriq 57-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiya ishida tumanni ishsizlik va
korrupsiyadan holi hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va
“Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektor rahbarlari tomonidan
“mahallabay” va “xonadonbay” ishlash bo‘yicha 2024-yilning I choragida amalga
oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Har bir sektor rahbarining joriy yil yakuniga
qadar aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha dasturlari taqdimot qilindi. Ushbu
sessiya yig‘ilishida tumandagi kommunal soha (elektr ta’minoti, gaz, ichimlik
suvi, yo‘l) tashkilotlari rahbarlarining ham hisobotlari eshitilib, aholi
muammolari bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Sessiya yig‘ilishida elektr, gaz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish yuzasidan ushbu tashkilotlarning joriy yil yakuniga qadar har bir mahalla kesimida reja-jadvallari muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Yig‘ilishga tumandagi "Mahalla
yettiligi" tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarilishi holati va aholi
murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida masalalar ham muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda tasdiqlangan reja-jadvallarni tumandagi har bir mahalla binosida barcha ko‘rinarli joylarga ilib qo‘yish belgilandi.