8 Fevral 2025 yil 533

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari muhokama qilindi

Yakkabog‘ tumani musiqa maktabi faollar zalida giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish, yoshlar o‘rtasida tarqalishining oldini olish hamda ularning salbiy ta’sirlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Mutasaddilar yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida batafsil tushuncha berib, bunday illatlardan himoyalanishning muhim jihatlarini ta’kidlashdi. Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga "Probatsiya" to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati tushuntirilib, uning ijtimoiy ahamiyati va amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Bunday tadbirlar yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech