Uyida foxishalik qilish uchun sharoit yaratgan fuqaro qoʼlga olindi
Qarshi shahar IIO FMB tezkor xodimlari, Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB XPB profilaktika inspektori kapitan N.Oʼ hamda Milliy Gvardiyaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimi mayor F.А.lar tomonidan 2020 yil 7-iyunь kuni soat 17:30 larda Qarshi shahar Shodlik MFYda yashovchi X.S oʼz yashash uyida Qarshi shahar Qavali MFYda yashovchi S.Sh va Qarshi shahar Otchopar MFYda yashovchi А.D.ni jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga Sh.S.dan 100.000 soʼm pullarni olgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan mazkur holat aniqlanib, 100.000 soʼm pullar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB TB tomonidan S.X.ga nisbatan Oʼz.R JKning 131-m 1-q bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.