9 Dekabr 2022 yil
505
Firibi o‘tmagan qochoq
Firibgarlik xatti-harakatini sodir etgani uchun Shahrisabz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga jalb etilgan tumanni “Qorsuv” MFYda yashovchi Z.S. jazodan qochib qutulmoqchi bo‘ldi. Ammo ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida 2022 yilning 4 dekabr kuni u Toshkent shahar, Mirzo-Ulug‘bek tumani hududidan ushlandi.