4 Yanvar 2023 yil
596
Firibgarning parvozi Moskvada “yakunlandi”
Ko‘p miqdorda firibgarlik xatti-harakatini sodir etgan chiroqchilik J.I. tergov organlarini ham chalg‘itmoqchi bo‘ldi. Natijada unga nisbatan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan qidiruv e’lon qilindi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qochoq Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida qo‘lga olinib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi.