1 Aprel 2021 yil
715
Firibgarlar tuzogʼiga tushib qolmang
2021 yil 27 fevral kuni Koson tumani “Аrabxona” MFYda yashovchi B.B TIIB ariza bilan murojaat qilib, oʼ oʼz arizasida, Koson tumani “Quybogʼ” MFYda yashovchi D.M 2021 yil 04 yanvarь kuni oʼziga tegishli boʼlgan Koson tumani “Аrabxona” MFYda joylashgan “Guli nur savdo” MChJga qarashli savdo doʼkoniga kelib, unga pulini 2-3 kunda olib kelib berishlikni vaʼda qilgan holda, undan “Sunny Gold” va “Gotovim doma” nomli jami boʼlib, 83.905.000 soʼmlik yogʼ-mahsulotlarini olib ketib, pullarini hozirgi kunga qadar bermasdan kelayotganligini maʼlum qilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan D.M.ga nisbatan Oʼz.R JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.