Firibgarga aldanib qolmang
Keyingi paytlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan uzluksiz ogohlantirishlarga qaramay fuqarolar firibgarlar tuzogʼiga tushib qolmoqda. Bunga koʼproq huquqiy bilimi yetishmasligidan tashqari, oʼta ishonuvchanlik va taklif etilayotgan maishiy texnikalar yoki koʼchmas mulklarning arzonligi fuqarolarni oʼziga jalb etmoqda. Jumladan, Qarshi shahar “Choʼlquvar” MFYda yashovchi R.А. 2020 yil may oyida Qarshi shahar “Naxshab” MFYda yashovchi M.I.ga Qarshi tumanida joylashgan 0,6 sotix yer uchastkasini arzon narxda sotishini aytib, 17.500.000 soʼm pullarni oladi. Shundan soʼng R.А.M.I.ga 7.500.000 soʼm qaytarib berib, qolgan pullarni qaytarib bermagan. Toqati toq boʼlgan M.I. holat yuzasidan Qarshi shahar IIOFMBga ariza yozadi. Аyni paytda Qarshi shahar IIOFMB 2-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.