19 Iyul 2022 yil
664
Firibgar qochoq tutildi
Firibgarlik jinoyatini sodir etgan kosonlik A.B. jinoyat uchun jazo muqarrarligini endi anglab yetgan bo‘lsa ajabmas. Negaki, u qilmishi uchun javob berishdan ko‘ra qochishga qaror qildi. Oqibatda Koson tumani IIB huzuridagi TB tomonidan A.B.ga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
Viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlarida A.B. Qarshi shahar hududidan ushlandi.