19 Aprel 2024 yil 130

Feyk xabarlardan ogoh bo‘ling!!!

Ijtimoiy tarmoqlarda hamda “Telegram” messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda tarqatilayotgan

“HALOL PUL KOPAYTIRISH” nomli xabarlar tarqalmoqda. Fuqarolarga o‘z mablag‘lari ko‘paytirishga ishontirib yolg‘on va’da mazmunidagi xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi. Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.

Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun, IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining https://www.fake.cyber102.uz veb platformasi orqali sahifani (havolani) haqiqiy yoki soxta (feyk) ekanligini aniqlab olishingizni tavsiya etamiz!

Text to speech