FАXRIYLАR VА XODIMLАR UCНRАSНUVI DАVOM ETMOQDА
Аvval xabar berganimizdek, viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi va boshqarma Faxriylar kengashi vohaning Dehqonobod va Gʼuzor tuman IIBlarida yoshlar va ularga biriktirilgan murabbiylar bilan uchrashuv oʼtkazdi.Tadbirda soʼz olganlar boshqarma rahbariyati tomonidan shaxsiy tarkib oʼrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, yoʼl-transport hodisalariga yoʼl qoʼymaslik, favqulodda holatlarning oldini olish, xodimlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, gʼamxoʼrliklarga javoban Vatan xizmatiga kamarbasta boʼlish lozimligini taʼkidlashdi. Faxriylar uzviy anʼanaga sodiq qolgan holda joriy yilda ham yoshlarga maslahatchi-koʼmakchi sifatida har tomonlama yordam berishlarini bildirishdi. Faxriylar va xodimlar amaldagi yilda amalga oshiriladigan ishlar xususida ishlab chiqilgan reja asosida ishlashga kelishib olindi. Bu yoʼnalishdagi tadbirlar davom etmoqda.