Faxriylar faol bo‘lishi kerak
Qarshi
tuman IIBda “Faxriylar yo‘li – ibrat maktabi” mavzusida tarbiyaviy-profilaktik
tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma MMI va KBTX, Faxriylar kengashi, boshqarma
boshlig‘i maslahatchisi va sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar yoshlar ongiga Vatan va xalq
manfaatlariga xizmat qilish sharafli va muqaddas burch ekanini singdirishi,
davlatimiz va ichki ishlar organlarining timsollari bilan faxrlanib,
qasamyodiga sodiq bo‘lish hamda xalqning ularga bo‘lgan ishonchi va hurmat hissini
yuksaltirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri ekanligini faxriylar
doimiy ravishda targ‘ib etishi va bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozimligini ta’kidlashdi.
Ko‘lami
keng tadbirda faxriylar bosib o‘tgan yo‘llari, xizmat tajribalari yoshlar uchun
ibrat maktabi bo‘lib, bu borada Qashqadaryo viloyati ichki ishlar
organlaridan nafaqaga chiqqanidan so‘ng ham faol faxriylar bilan
qator xayrli ishlarni amalga oshirib kelayotgani bildirildi. Shu bilan birga
faxriylar yoshlarda kasbga ko‘nikma hosil qilish, Vatanparvarlik ruhini
yuksaltirish, halol va vijdonan xizmat qilish tuyg‘ularni singdirish, kasb
sir-asrorlarni chuqur o‘rgatishga hamisha bosh-qosh bo‘layotgani qayd
etildi.
Bu kabi
xayrli ishlarda osoyishtalik posbonlariga yelkadosh bo‘lib, o‘z bilim va
tajribalarini yoshlarga ulashib kelayotgan faxriylar hamisha e’zoz va ehtiromga
loyiq.
Yakunda ichki ishlar organlarida xizmat qilib
nafaqaga chiqqan va bugungi kunda ikkinchi shaxs yordamiga muhtoj faxriylar –
iste’fodagi kapitanlar Fayzulla Bozorov va Egamberdi Toirovlar holidan xabar
olinib, oziq-ovqat mahsulotlari berildi.