23 Mart 2021 yil 570

Ezgulik, bagʼrikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimlilik

"Navroʼz” umumxalq bayrami arafasida xalqimizga xos ezgulik, bagʼrikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli boʼlish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida “Jazo muddatini oʼtayotgan, qilmishiga chin koʼngildan pushaymon boʼlgan va tuzalish yoʼliga qatʼiy oʼtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʼgʼrisida”gi Farmonni imzoladi. Mazkur Farmonga koʼra ozodlikka chiqarilgan fuqaro Kudratova Lolaxon Gulamovna ham oilasi bagʼriga qaytdi. Shu oʼrinda fuqaro Kudratova Lolaxon Gulamovnani amal qilish muddati oʼtgan fuqarolik pasporti Qarshi shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirib berish boʼlimi tomonidan 1 kun muddatga yangi Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi rasmiylashtirib berilib, bayram quvonchiga quvonch qoʼshildi.

Text to speech