18 Fevral 2022 yil
481
Yoshlar muammolari bartaraf etilmoqda
Chiroqchi tuman Madaniyat markazida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev yoshlar va fuqarolar bilan sayyor qabul oʼtkazdi. Unda qirq nafardan ortiq yoshlar va fuqarolar qatnashdi. Sayyor qabulda yoshlarni ish oʼrni va bandligini taʼminlash, harbiy majburiyat va oʼqish kontrakti toʼlovlari hamda sogʼligini tiklash, bank kreditiga oid murojaati tinglandi.
Sayyor qabulda tushgan 37 ta murojaatning 5 tasi ijobiy hal etildi. 8 ta murojaat masʼullar tomonidan tushuntirish berilib, mablagʼ va vaqt talab etadigan 24 murojaat esa nazoratga olinib masʼullarga ijro uchun yuborildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.