Yoshlar muammolari ijobiy hal etilmoqda
Qarshi shahar IIOFMBda 3-sektor hududida yashovchi “Yoshlar daftari” “Аyollar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Unda Qarshi shahar IIO FMB boshligʼi polkovnik B.Mirzaev, Bank muassasalari, Bandlik va aholini ish bilan taʼminlash boʼlimi, Yoshlar ishga va kasbga yoʼnaltiruvchi “Mono markaz” rahbarlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda 25 nafar fuqarolar va yoshlar ishtirok etib, 16 nafarining oʼzini oʼzi band qilish, sogʼliqni saqlash va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Fuqarolardan tushgan murojaatlarning 3 tasi ijobiy hal etildi. Yaʼni, 2 nafar xotin-qizga mikrotoʼlqinli pech, 1 nafar yigitga payvandlash apparati berildi. 13 ta murojaatlar mablagʼ va vaqt talab qilishi bois, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.