11 Yanvar 2025 yil 212

“Yoshlar turizmi haftaligi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi
“Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-sonli qaroriga asosan 2025 yil yanvar oyining birinchi o‘n besh kunligi “Yoshlar turizmi haftaligi” deb e’lon qilingan.
Shu munosabat bilan Shahrisabz shahrining YUNЕSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy, tarixiy obidalari joylashgan tarixiy markaziga respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurayotgan yoshlar va xorijiy sayyohlarning xavfsizligi Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan ta’minlanib kelinmoqda hamda tashrif davomida ularga tarixiy markaz bo‘ylab ekskursiya tashkil etilmoqda.

Text to speech