22 Fevral 2024 yil 491

“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda

Mamlakatimizda joriy yilning 1 fevralidan 1 mart kuniga qadar “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan ichki ishlar organlari xodimlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator tezkor profilaktik tadbirlarni o‘tkazmoqda.

Olib borilayogan profilaktik tadbirlarga qaramasdan  joriy yilning 10 fevra kuni viloyat IIB TQX JQB va Departamentning Qarshi shahar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahar, Alisher Navoiy mahallasida yashovchi O.U 216 dona FATZORB nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1.500.000 so‘mga sotgan vaqtda ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech