17 Avgust 2024 yil 484

Yosh nikohlanuvchilar oilaviy hayotga tayyorlash o‘quv kurslariga jalb qilinmoqda

Zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda «Oila-muqaddas» dargoh ekanligini nikohlanuvchilar ongiga singdirib borishda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Ahil oila sirlari" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminar nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlarga tayyorlash, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan mavzularda tashkil etildi.

Unda Oqila ayollar, G‘uzor tumani IIB JXX XPB XQMB katta inspektori, Inson ijtimoiy markazi psixoliklari, otinoyilar bilan hamkorlikda oila qurish ostonasida turgan yoshlarga o‘z maslahatlari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Seminar so‘ngida o‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyat bilan tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 20 nafar yoshlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Text to speech