Diqqat e`lon
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Qashqadaryo akademik litseyi 2025-2026 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni o‘qishga
taklif etadi. Akademik litseyiga o‘qish istagini bildirgan Qashqadaryo viloyati
hududida yashovchi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilardan
arizalar 2025 yil 1-fevraldan 15-aprelgacha qabul qilinadi. Dastlabki tanlov,
maxsus-professional tanlov va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar
litseyda ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishadi. Litseyda o‘qishni xoxlovchilar
litseyga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim.
Hududiy ichki ishlar organlari rahbari nomiga ariza, so‘rovnoma, o‘qish joyi va mahalla fuqarolar yig‘inidan tavsifnoma, tarjimai hol, tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport nusxasi, fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan ma’lumotnoma, 3x4 o‘lchamdagi 6 dona fotosurat hamda 9x12 o‘lchamdagi 2 dona fotosurat.
Dastlabki tanlovda nomzodlarning tegishli xujjatlar va
uni tavsiflovchi ma’lumotlari individual-psixologik hususiyatlari o‘rganiladi,
xarbiy-tibbiy ko‘rigidan va yakka tartibdagi dastlabki suhbat o‘tkaziladi.
Dastlabki tanlovdan o‘tgan nomzodlar
maxsus-professional tanlovda ishtirok etishadi.
Xususan, yozma ish (diktant), umumjismoniy
tayyorgarligi, yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
Keyingi bosqichda Davlat test markazi tomonidan test
sinovlari olinadi. IIV akademik litseylariga dastlabki va maxsus-professional
tanlov natijalariga javob beradigan xalqaro fan olimpiadalarining respublika
bosqichi, shuningdek Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Madaniyat va
turizm vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Xalq ta’lim vazirligi,
Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi) tomonidan
o‘tkaziladigan tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari, o‘z xizmat vazifalarini
bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xarbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish
organlari xodimlarining farzandlari, Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashgan
maktab-internatining dastlabki tanlov natijalariga javob beradigan
bitiruvchilari maxsus-professional tanlov va test sinovlarsiz imtiyoz asosida
qabul qilinadi.
Akademik litseyda o‘qish muddati 2 yil bo‘lib
o‘quvchilarning ta’lim olishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Xususan
shinam va yorug‘ zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan o‘quv xonalari
internet tarmog‘iga ega bo‘lgan axborot resurs markazi 200 o‘rinli o‘quvchilar
turar joyi hamda 300 o‘rinli oshxona o‘quvchilar ixtiyorida.
Dars mashg‘ulotlari Ichki ishlar akademiyasi o‘quv
rejalari va dasturlari asosida olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi 10-sonli qaror talablariga asosan
akademik litsey tarkibada tayyorlov markazi faoliyat olib bormoqda. Tayyorlov
markazida tarix, huquq, ingliz tili, ona tili va adabiyot fanlaridan, sportning
qo‘l jangi va jangovor sambo turlari bo‘yicha to‘garaklar mavjud.
Bitiruvchilarga akademik litseyni tamomlaganlik
to‘g‘risida diplom hamda ishtimoiy gumanitar ta’lim yo‘nalishida bo‘yicha
maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida
mutaxassisliklar bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Manzil: Qarshi shahri Buyuk Turon ko‘chasi 56-uy,
Mo‘ljal. Aeroport yo‘nalishi