30 Mart 2020 yil 639

Dezinfektsiya ishlari jadallik bilan davom etmoqda

Shahrisabz shahrida koronavirus infektsiyasini oldini olish maqsadida koʼp qavatli oʼylar va hovli joylarni dezinfektsiya qilish va sanitariya tozalik ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada tashkil etilgan ishchi guruhi oʼz vazifasini uddalamoqda.

Shahrimizdagi Tutzor, Boʼston, Xabarlik, Doʼstlik, Turon, Maʼrifat, Kamolot, Pillakashlik, Ipak yoʼli, Nomozgoh, Gʼalaba, Bogʼibahor, Uychilik, Teparlik mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan koʼp qavatli uylar va ularning yoʼllari dezinfektsiya qilindi. Dezinfektsiya jarayoni ertaga ham davom etadi.

Text to speech