18 Avgust 2022 yil 289

Deputatlar Jamoat xavfsizligi xizmati rahbarining hisobotini tinglashdi

    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida, aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, ichki ishlar organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, polkovnik Aziz Allanazarovning 2-chorak yakuni bo‘yicha hisoboti tinglandi.

   Shuningdek, mazkur yo‘nalishda ko‘rilayotgan choralarning natijalarini tanqidiy muhokama qilinib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha deputatlar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

    Bildirilgan fikr va mulohazalarni e’tiborga olgan holda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-JXX boshlig‘i polkovnik Aziz Allanazarovg jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish borasidagi takliflari eshitilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech