11 Iyul 2024 yil
448
Dehqonobod tumani hokimligida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Tadbirda viloyat IIB tezkor
qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ul xodimi Suxrob Muhammadiyev hamda
tuman IIB boʻlimi TQB JQB boshligʻi Asqar Tursunov so‘zga chiqib, hozirgi rivojlanib borayotgan
axborot texnologiyalari asrida hayotning barcha jabhalarida kompyuter va
raqamlashtirilgan turli xil texnikalar ommalashayotgani, afsuski, bundan g‘araz
maqsadda foydalanuvchilar ham ortib borayotgani, natijada sodir etilayotgan
jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq holatlar
oshib ketayotganini ta’kidlab, ishtirokchilarni raqamli texnologiyalar
vositasida sodir etilayotgan firibgarliklardan ogoh etishdi hamda ularni
qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi.