24 Noyabr 2021 yil 499

Dehqonobodda IIB xodimlari tashabbusi bilan “Sogʼlom hayot uchun 5 ming qadam” deb nomlangan marafon boʼlib oʼtdi

 

Dehqonobod tumanida Ichki ishlar xodimlari tashabbusi bilan “Sogʼlom hayot uchun 5000 qadam”, shiori ostida yurish marafoni boʼlib oʼtdi.

“Mazkur tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrь kunidagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonga asosan tashkil etilgan boʼlib, unda tuman Ichki ishlar boʼlimi shaxsiy tarkibi xodimlari faol qatnashdi”, — deydi tuman IIB boshligʼi Gʼayrat Haydarov.

Qayd etilishicha, yurish marafonidan soʼng IIB xodimlari futbol boʼyicha ham oʼzaro bellashib, gʼoliblarni aniqlab olgan.

Text to speech