16 Mart 2021 yil 866

D I Q Q А T E` L O N !

Qashqadaryo viloyati IIB Tibbiyot boʼlimida, chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik tashkil etiladi!

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi tizimidagi tibbiy muassasalari biriktirilgan tarkibga koʼrsatilayotgan tibbiy xizmat koʼrsatish sifatini yaxshilash, davolash va sogʼlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, shaxsiy tarkib orasida oʼtkazilayotgan profilaktik tibbiy koʼrik samaradorligini oshirish, kasalliklarni yashirin davrlarida erta aniqlash va davolashni tashkil etish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy tibbiy muassasalarini malakali mutaxassislari ishtirokida viloyat ichki ishlar idoralari shaxsiy tarkibi, harbiy xizmatchilari, pensionerlari va ularning oila aʼzolari hamda ishchi va xizmatchilarini 2021 yilning 18-20 mart kunlari chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrikdan oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

Chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik Oʼzbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi, IIV Markaziy gospitali va IIV Markaziy Poliklinikasini malakali mutaxassislari (travmatolog-ortoped, urolog, xirurg, terapevt, pulьmonolog, ftiziatr, kardiolog, endokrinolog, UTT va rentgenolog shifokorlari) tomonidan oʼtkaziladi.

Tibbiy koʼrik:

-2021 yilning 18 mart kuni Qarshi shahrida, viloyat IIB Tibbiyot boʼlimi Poliklinikasida soat 09-00 dan 17-00 gacha.

Boshqarma sohaviy xizmatlari PPX va JTSB, YHHB, 5-TH, 2-3-JIEKlar, 35-son Manzil koloniyasi, Qarshi  shahar IIO FMB, Qarshi tumani IIB, Nishon IIB, Dehqonobod IIB, Gʼuzor tumani IIB hamda 7533-harbiy qism, 7256-harbiy qism shaxsiy tarkibi, ishchi va xizmatchi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari.

-2021 yilning 19 mart kuni Shahrisabz  shahar IIBda, soat 09-00 dan 17-00 gacha.

Chiroqchi tumani IIO FMB, Shahrisabz shahar IIB, Shahrisabz tumani IIB, Yakkabogʼ  tumani IIB, Kitob  tumani IIB, Qamashi tumani IIB, 34-son Manzil koloniyasi shaxsiy tarkibi, ishchi va xizmatchi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari.

-2021 yilning 20 mart kuni Koson tumani IIBda, soat 09-00 dan 17-00 gacha.

Muborak tumani IIB, Koson tumani IIB, Kasbi  tumani IIB, Mirishkor tumani IIB, 7533-harbiy qism batalьoni, 32-33-son Manzil koloniyalari  shaxsiy tarkibi, ishchi va xizmatchi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari qabul qilinadi.

Hurmatli hamkasblar imkoniyatdan foydalanib qoling!

Murojaat uchun telefonlar: 90:444-89-98 va  33:002-60-02

Qashqadaryo viloyati IIB Tibbiyot boʼlimi

Text to speech