6 May 2024 yil 366

Sportning voleybol turi bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogining viloyat mintaqa bosqichi bo‘lib o‘tdi

Qarshi olimpiya va paraalimpiya zahiralari maktabida viloyatda yashovchi 14-17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogining viloyat mintaqa bosqichi bo‘lib o‘tdi. Hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilgan musobaqada yosh valeybolchilar jamoasi bor mahoratlarini ishga solib g‘oliblik uchun kurashdilar. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqada Qarshi shaharlik yosh voleybolchilari barcha raqiblarini dog‘da qoldirib, musobaqa shohsupasidan joy oldi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Nishon va Qarshi tumanlari voleybolchilari qo‘lga kiritdi. G‘oliblar diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech