24 Fevral 2024 yil 350

Cho‘ntagidan marixuana topildi

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” doirasida Qashqadaryo viloyati IIB TQX JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida yana bir og‘ufurushning kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, Chiroqchi tumani “Yangiobod” mahallasida B.F.ning bejo harakatlari ichki ishlar organlari xodimlarida shubha uyg‘otdi. U to‘tatilib, yoni ko‘zdan kechirilganda cho‘ntagidan 7 dona qog‘oz bo‘laklariga o‘ralgan “Marixuana” giyohvandlik moddasini olib yurgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech