Chiroqchi tumanida "qizil" toifadagi "O‘zbekiston" mahallasida tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh ishtirokida yettilik a’zolari bilan jinoyatlarni oldini olish maqsadida o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlarda jinoyatlarni yuzaga keltirgan omillar, sabab va shart-sharoitlar tahlil etilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar mas’ullarga tushuntirildi.
Jarayonda aholi gavjum to‘planadigan maskanlar, avtomashinalar ko‘p o‘tadigan qatnov yo‘llaridagi kameralarning ishchanlik holati, yangilarini o‘rnatish lozimligi tushuntirildi.
Savdo do‘konlari, ovqatlanish shoxobchalari, aholi xonadonlarini Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi pultiga ulash borasida tashuntirish ishlari amalga oshirildi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: