14 Mart 2022 yil 406

Chet el fuqarolarini noqonuniy ravishda qabul qilgan yana ikkita mehmonxona rahbarlariga chora kо‘rildi

 

Qarshi shahri xududida mazkur hafta davomida о‘tkazilib kelinayotgan “Spitamen” profilaktik tadbirlari davomida, Qarshi shahrida faoliyat kо‘rsatib kelayotgan “Golden fish”  mehmonxonasi tomonidan viza muddati tugagan 1 nafar Afg‘oniston Respublikasi fuqarosini qabul qilganligi hamda Qarshi shahrida “Ofarin” mehmonxonasi tomonidan mehmonxona sifatida faoliyat kо‘rsatish uchun tegishli muvofiqlik sertifikatiga hamda “E-mehmon” elektron dasturiga bog‘lanmasdan turib noqonuniy faoliyat olib borib, 1 nafar Turkiya Respublikasi fuqarosini qabul qilganligi holati aniqlanib, ushbu “Golden fish”  hamda “Ofarin” mehmonxona rahbarlarini har biriga nisbatan О‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksning 225-moddasi 4-qismi talabiga kо‘ra, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish haqining yigirma baravari (5 mln 400 ming) sо‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Shu sababli, Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan barcha mehmonxona, sanatoriya, xostel hamda uy mehmonxonalari tomonidan mehmonxonaga tashrif buyurgan har bir О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda chet el fuqarolarini qabul qilishda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.09.2020 yildagi “О‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bо‘lmagan shaxslarni rо‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 593-sonli Qarori talablarigi qattiy amal qilishlari haqida OGOHLANTIRAMIZ. “SPITAMEN” TEZKOR PROFILAKTIK TADBIRI DAVOM  ETMOQDA...!

Text to speech