Chaqaloq savdosini oldini olish- Dolzarb masala
Odam savdosiga va majburiy mexnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi yigʼilishining 2020 yil 10 dekabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan ish rejasidagi topshiriqlar asosida, joriy yilning 04 mart kuni Qashqadaryo viloyat Kasbi tuman tibbiyot birlashmasida Mirishkor va Kasbi tuman tibbiyot soxasining xodimlari uchun Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʼyicha hududiy komissiya ishchi guruhi aʼzolari tomonidan "Chaqaloq savdosini oldini olish-dolzarb masala" mavzusida targʼibot tadbiri oʼtkazildi.
Yigʼilish ishtirokchilariga Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʼyicha hududiy komissiya ishchi guruhi aʼzolari Qashqadaryo viloyat IIB odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boʼlimi boshligʼi Z.Maxmudov va Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazining Qashkadaryo viloyat boʼlimi rahbari Sh.Raupova maʼruza qilishdi.